O?zbekiston Prezidenti 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Singapurda bo?ladi

15.01.2023 09:57

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Singapur Prezidenti Halima Yaqubning taklifiga binoan 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”. AA muxbiri

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq Singapur Prezidenti Halima Yaqub va mamlakat Bosh vaziri Li Syan Lun bilan oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Singapur munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu yo‘nalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami muzokaralar yakunida imzolash uchun tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimiz Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Tashrif arafasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes forumi bo‘lib o‘tadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net