O?ZBEKISTON – MO?G?ULISTON SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO?G?RISIDA

10.04.2019 10:42

2019-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batmunx Batsetseg boshchiligidagi delegatsiyalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning hozirgi holati va ularni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil tahlil qildilar.

Ikki mamlakat davlat tuzilmalari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi munosabatlarni jadal rivojlantirish uchun sezilarli salohiyat mavjudligiga urg‘u berildi va ko‘p qirrali aloqalarni yanada rivojlantirish uchun amaliy choralar ko‘rishning dolzarbligi qayd etildi.

Suhbat chog‘ida biznes-forumlar va kooperatsion birjalarni tashkil etish hamda ikki davlat savdo-sanoat palatalari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashi va hamkorlikning boshqa mexanizmlarini tuzishga qiziqish bildirildi

Turizm sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston tomonidan Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz tartib joriy qilinishi ularning O‘zbekistondagi buddizm qadamjolarini va boshqa tarixiy obidalarni ziyorat qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Shu nuqtayi nazardan Mo‘g‘uliston tomoni Ulan-Bator va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganib chiqishni taklif etdi. Bu turli darajadagi aloqalarni hamda fan, madaniyat arboblari va sportchilar o‘rtasidagi almashinishlarni faollashtirishga yo‘l ochadi.

Uchrashuvda ikki davlatning xalqaro tashkilotlar, avvalo, BMT va ShHT doirasidagi hamkorligi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Maslahatlashuvlarda Mo‘g‘uliston Elchisi Luvsan Battulga ishtirok etdi.

 

Zafar Yuldashkulov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net