O?ZBEKISTON MINTAQALARI VA CHUNSIN SHAHRI O?RTASIDAGI ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARIGA BAG?ISHLANDI

23.07.2019 10:24

PEKIN, 23 iyul. /”Dunyo”AA/. Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida Chunsin shahri merining o‘rinbosari Pan Yiqin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Muloqot chog‘ida Pan Yiqin Chunsin shahrining O‘zbekistondagi qator viloyatlar bilan o‘zaro munosabatlari tobora rivojlanib borayotganidan mamnuniyat izhor etar ekan, bunday aloqalarni yanada ravnaq toptirish uchun har ikki mamlakatda ulkan salohiyatlar mavjud ekanligini alohida ta’kidladi.

 Ma’lumot tariqasida shuni qayd etish joizki, Chunsin shahri Pekin, Tyanszin va Shanxay shaharlari qatorida mamlakatdagi markaziy boshqaruvga bo‘ysunadigan to‘rtta yirik shahardan biri hisoblanadi.

 Xitoyning janubi-g‘arbiy hududida qaror topgan Chunsinning umumiy maydoni 82 ming 400 kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, mazkur shaharda 35 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ayrim manbalarda Chunsin dunyodagi eng katta shahar, deya ham e’tirof etiladi.

 Chunsin mamlakatning muhim sanoat markazi hisoblanadi. Shaharda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va sanoatning boshqa tarmoqlari ravnaq topgan.

 Darhaqiqat, O‘zbekiston mintaqalarining Chunsin shahri bilan o‘zaro munosabatlari yil sayin rivojlanib borayotganini tasdiqlaydigan dalillar talaygina. Masalan, birgina joriy yilning may oyida elchixona tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari delegatsiyalarining Xitoyga uyushtirilgan safari doirasida Chunsinda turli jabhalarda qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishilgan edi.

 - Shahrimiz O‘zbekistonning turli mintaqalari bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdordir, - dedi shahar merining o‘rinbosari.

 Pan Yiqin O‘zbekiston rahbariyatining Xitoy bilan mintaqalararo hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatladi. U hozirgi paytda Chunsin ishbilarmon doiralari o‘rtasida O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan katta qiziqish mavjudligini ma’lum qilar ekan, bunday intilishning sababi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, jumladan, biznes va sarmoya muhitini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar hamda ular berayotgan salmoqli natijalar bilan izohlanishini alohida ta’kidladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net