O’ZBEKISTON ILK BOR YXHTNING IQTISODIY VA EKOLOGIK QO’MITASIGA RAISLIK QILADI

11.01.2020 09:22

VENA, 11 yanvar. /“Dunyo” AA/. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashi Doimiy kengashining Venada bo’lib o’tgan maxsus yig’ilishida YXHTning amaldagi raisi tomonidan O’zbekistonning YXHTdagi doimiy vakili Sherzod Asadov 2020 yilda Tashkilot Doimiy kengashining Iqtisodiy-ekologik qo’mitasi raisi etib tayinlangani to’g’risidagi qaror e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ta'kidlash joizki, YXHT Doimiy kengashi qo’mitalari raislarini tayinlash rotatsion tartibda emas, balki Tashkilotning amaldagi raisi tomonidan qator muhim siyosiy omillar, shu jumladan, mamlakatlarning mazkur xalqaro tuzilma doirasida o’z majburiyatlarini qanday bajarayotganini e'tiborga olgan Holda amalga oshiriladi.

 

Mamlakatimizning YXHT Doimiy kengashi Iqtisodiy-ekologik qo’mitasiga raislikka tayinlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligi, Orolbo’yi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kuchaytirish, mintaqaning transport sohasidagi aloqalari va tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish yO’lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar xalqaro ko’lamda ijobiy qabul qilinayotganidan dalolatdir.

 

Iqtisodiy-ekologik qo’mitaga raislik qilish davlatimiz rahbarining YXHT maqsadlari va tamoyillari ruhidagi mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarini faol ravishda ilgari surishga imkon beradi hamda O’zbekistonda olib borilayotgan isloHotlarni qo’llab-quvvatlash, Tashkilot bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

 

Eslatib o’tamiz, 2020 yil Albaniya YXHTning amaldagi raisi hisoblanadi. Ushbu mamlakat bosh vaziri Edi Rama tadbirda Albaniya raisligining ustuvor yo’nalishlarini taqdim etdi.

 

U Albaniya raisligi YXHT oldida turgan muammo va tahdidlarni barcha ishtirokchi davlatlar bilan Tashkilotning asosiy tamoyillariga mos tarzda hal qilish uchun ochiq va konstruktiv muloqotga intilishini ta'kidladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net