O'ZBEKISTON HUKUMATI BILAN HINDISTON HUKUMATI O'RTASIDA DIPLOMATIK PASPORT EGALARINI VIZA TALABIDAN OZOD ETISH TO'G'RISIDAGI BITIM KUCHGA KIRDI

04.04.2019 10:29

2019-yilning 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Hujjat Dehli shahrida 2018-yil 1-oktabr kuni imzolangan edi.

Hujjatga binoan diplomatik pasportga ega O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda bo‘lish huquqiga egadirlar.

Bitim diplomatik pasportga ega bo‘lgan ikki davlat rasmiy vakillarining o‘zaro safarlari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal qilish imkonini beradi.

Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net