O?zbekiston-Estoniya hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi

09.10.2022 17:46

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Estoniya elchisi Toomas Tirs (qarorgohi – Ostona shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Estoniya hamkorligini yana-da rivojlantirish, shuningdek, ikki tomonlama kun tartibini kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yil oxirigacha vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi muddatini ishlab chiqish, shuningdek, 2023 yil boshida Estoniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net