O?ZBEKISTON ELCHISI NIDERLANDIYA QIROLIGA ISHONCH YORLIQLARINI TOPSHIRDI

16.03.2019 15:24

2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Elchisi (qarorgohi Brussel shahrida) Dilyor Xakimov Niderlandiya Qiroli Uilliam-Aleksandrga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

 Niderlandiya Qiroli O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z hurmatini izhor etar ekan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadi.

 Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini faolllashtirish, Orol dengizi qurishi oqibatlarini kamaytirish hamda Afg‘onistonda tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni ta‘minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari ta’kidlandi.

 Niderlandiya rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, ilg‘or texnologiyalar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

 Qirol Uilliam-Aleksandr Gollandiya kompaniyalarining O‘zbekistonga ikkinchi savdo missiyasini tashkil etilishini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi aloqalar o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net