O?ZBEKISTON ELCHISI BANGLADESH PREZIDENTIGA ISHONCH YORLIQLARINI TOPSHIRDI

10.03.2019 15:16

2019-yilning 7-mart kuni Dakka shahridagi “Bangababan” qasrida O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arziyev (qarorgohi Dehli shahrida) Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bangladesh rahbari marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda Bangladesh tomonining O‘zbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Bangladeshda O‘zbekistonning islomiy qadamjolariga ulkan qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

Prezident vaqt sinovida o‘tgan ikki tomonlama munosabatlar an’anaviy/azaldan do‘stona ekanligini qayd etdi va Bangladeshda O‘zbekiston Elchisining akkreditatsiya qilinishi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning yanada faollashishiga xizmat qiladi deb ishonch bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net