O?ZBEKISTON EKSPORTIDA TURKIYA YO`NALISHI YETAKCHILAR QATORIDA

19.07.2019 10:48

Joriy yil 22-23 iyul kunlari Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning V yig'ilishi bo`lib o`tishi kutilmoqda. 

ANQARA, 19 iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Turkiya o`rtasidagi munosabatlar so`nggi yillarda jadal sur`atlar bulan mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. O’zaro manfaatli aloqalarda, ayniqsa, mamlakatimiz uchun ustivor bo`lgan savdo-iqtisodiy hamkorlikda muntazam ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan chuqur islohatlar, yurtimizning ichki bozori, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhit turkiyalik tadbirkorlar e’tiborini tortmoqda. Ular O‘zbekiston bilan hamkorlikning salohiyatini yuqori baholab, o`zbek bozorida o`z o`rnini egallasga intilmoqda.

Ushbu aloqalarni rivojlantirishda muhim mexanizmlaridan biri - bu O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning muntazam faoliyatidir. Joriy yil 22-23 iyul kunlari Anqara shahrida mazkur Qo`shma komissiyaning V yig'ilishi bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida hukumatlararo muzokaralardan tashqari “O‘zbekiston – Turkiya” biznes-forumi ham rejalashtirilgan. Forum yakunida sanoat, tijorat, turizm va boshqa sohalarida qator yangi shartnomalar imzolanadi.

Ikki davlat o`rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka baho berar ekan, Anqaradagi “Yevrosiyo iqtisodiy aloqalar” jurnalining bosh redaktori Hikmet Eren, “Dunyo” axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda quyidagilarga e`tibor qaratdi:

- So’nggi uch yilda Turkiya O‘zbekistonning asosiy beshta xorijiy sheriklari qatorida Janubiy Koreyani ortda qoldirib, Rossiya, Qozog`iston va Xitoydan keyin to`rtinci o`ringa chiqdi. Budan tashqari, O‘zbekistonning Turkiya bilan tijorati diversifikatsiya qilingan va savdo strukturasidagi saldo farqi ham juda kata emas. Bu tovarayirboshlashning har ikki tomon uchun o`zaro foydali bo`lishi uchun muhim.

 

 

 

 

 

 

 

Shu asnosda, O‘zbekiston va Turkiya orasidagi o’zaro savdo hajmi dinamik shaklda tobora oshib bormoqda. 2016 yil o`zaro savdo hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yil bu ko`rsatkich 30 foizga ortib, 1,5 milliard dollarga yuksaldi. 2018 yil yakunlariga ko`ra esa, davlatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,2 milliard dollardan oshib ketdi. Joriy yilning birinchi yarmida o’zaro savdo hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu summaning deyarli yarmi O‘zbekistonning Turkiyaga eksportidir.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net