O?ZBEKISTON DELEGATSIYASINING PEKIN SHAHRIDAGI MUZOKARALARI

26.12.2018 11:59

2018-yilning 24-dekabr kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 16-raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Xitoy tashqi ishlar vaziri yordamchisi Chjan Hanhui boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalari tomonidan davlatlararo munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy uchrashuvlari, hukumat delegatsiyalari, ishbilarmon doiralar, ikki mamlakatning madaniy-gumanitar soha vakillari o‘rtasidagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish batafsil ko‘rib chiqildi.

2019-yilda rejalashtirilgan davlat rahbarlari ishtirokida, jumladan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi doirasidagi tadbirlar jadvali va kun tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

2018-yildagi savdo-iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlar yakunlari sarhisob qilinar ekan, ularning dinamik va o‘zaro foydali bo‘lganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Yanvar-oktabr oylarida savdo hajmi 5 milliard AQSh dollaridan oshdi, butun 2017-yil davomida esa bu ko‘rsatkich 5 milliard dollar atrofida bo‘lgan edi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitaning oltinchi majlisida ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net