O?ZBEKISTON DELEGATSIYASINING “MARKAZIY OSIYO - YEVROPA ITTIFOQI” UCHRASHUVIDA ISHTIROK ETISHI TO?G?RISIDA

04.07.2019 10:40

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 7-iyul kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

 

 

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan turli sohalarda mintaqalararo hamkorlik, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasini amalga oshirish doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, vazirlar xalqaro kun tartibida ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

 O‘zbekiston delegatsiyasining Bishkek shahrida tashrifi dasturidan vazirlar uchrashuvida ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net