“Dunyo” AA/. Ertaga, 17-oktyabr kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, yig‘ilishda 2022-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan TDT Davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishni ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat hamda Tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.