O?zbekiston delegatsiyasi Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining anjumanida ishtirok etmoqda

19.10.2022 15:20

“Dunyo” AA/. Kecha Keyptaun shahrida (Janubiy Afrika Respublikasi) Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasining (BSOA) beshinchi Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh Assambleya ishida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxodjayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Dunyo bo‘ylab saylov organlarining eng yirik assotsiatsiyasi hisoblangan BSOA 2013 yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Hozirda BSOA 109 mamlakatdagi 119 ta saylov organini birlashtiradi.

BSOA faoliyati saylovlar sohasi bo‘yicha tajriba almashish va demokratik saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, ishtirokchi mamlakatlar saylov organlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

O‘zbekiston 2013 yildan beri BSOAning aʼzosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston bilan Assotsiatsiya o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida taʼkidlash lozim.

2016 yil 2 fevralda MSK va BSOA o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi, 2017 yil oktyabr oyida esa MSK Assotsiatsiyaning Ijroiya kengashiga aʼzo bo‘ldi.

BSOA vakillari mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan prezident va parlament saylovlarini kuzatishda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, 2018 yilning noyabr oyida BSOA delegatsiyasi Saylov kodeksini ishlab chiqish munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan “Saylov qonunchiligini takomillashtirish va demokratik saylovlar: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyalari Assotsiatsiya Bosh Assambleyasi va Ijroiya kengashi majlislari ishida, BSOAning saylov jarayonida salohiyatni oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarida, shuningdek, Assotsiatsiyaga aʼzo mamlakatlarning saylov jarayonlarida kuzatuvchilar missiyalari tarkibida ishtirok etmoqda.

Kecha, 18 oktyabr kuni BSOA Ijroiya kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Afrika Respublikasi saylov organi aʼzosi va Hindiston saylov organi raisi yig‘ilish ishtirokchilarini qutlab murojaat qildi. Yig‘ilish davomida Bosh assambleyada ko‘rib chiqish uchun BSOA Bosh kotibiligiga nomzodlarga ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Lesoto davlatini Assotsiatsiya aʼzoligiga qabul qilish, Nazorat va taftish qo‘mitasi aʼzolarini tayinlash, beshinchi Bosh Assambleyaning kun tartibini muhokama qilish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

BSOAning beshinchi Bosh Assambleyasi dasturiga muvofiq, joriy yilning 19 oktyabrida Bosh Assambleya yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 20 oktyabr kuni Bosh Assambleya doirasida “Demokratik tanazzul davrida saylov organlarini himoya qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiya ham bo‘lib o‘tadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net