O?ZBEKISTON-BUYUK BRITANIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR

14.06.2019 15:58

2019-yilning 13-iyun kuni London shahrida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlari tarixida ilk bor tashqi siyosat idoralari o‘rtasida boshqarma boshliqlari darajasida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

 

 

Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik bafurja muhokama qilindi.

 Britaniya tomoni O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan yirik miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi hamda ularni yanada samaraliroq ishlashi uchun yordam berishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

 Ta’kidlanganidek, turli darajalarda aloqalarni faollashtirish ayni paytda sezilarli natijalar bermoqda. Parlamentlararo muloqot mustahkamlanmoqda, vazirliklar, idoralar va biznes hamjamiyatlari o‘rtasida hamkorlik jadallashmoqda. Joriy yilning fevral oyida Toshkent shahrida Savdo va investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining 24-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yakunlariga ko‘ra hamkorlikning turli sohalariga oid qator hujjatlar imzolandi.

 Birlashgan Qirollik fuqarolari uchun O‘zbekiston tomonidan vizasiz rejim joriy qilingani mamnuniyat bilan qarshi olindi. Ushbu o‘zgarish natijasida 2018-yilda Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga keladigan sayyohlar oqimi 40% ga oshdi, ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

 Uchrashuvda ta’lim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan mutaxassislarni o‘qitish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarining zarurligi alohida qayd etildi.

 Maslahatlashuvlar davomida ikki mamlakat o‘rtasida Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida bitim loyihasi muhokama qilindi hamda muhim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

 Maslahatlashuvlarning keyingi raundini O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net