O?ZBEKISTON BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTINING IKKI UNIVERSAL XALQARO SHARTNOMASI ISHTIROKCHISIGA AYLANADI

17.07.2019 16:28

Hozirgi paytda 101 mamlakat va Yevropa ittifoqi BIMTning mazkur ikki shartnomasi ishtirokchisi hisoblanadi.

 

 

TOSHKENT, 17 iyul. /«Dunyo» AA/. TIV Matbuot markazi xabariga ko’ra, 1996-yil 20-dekabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) doirasida qabul qilingan Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnoma hamda Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi shartnoma 2019-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi.

 Hozirgi paytda 101 mamlakat va Yevropa ittifoqi BIMTning mazkur ikki shartnomasi ishtirokchisi hisoblanadi.

 Ushbu shartnomalar “Internet sohasida BIMT shartnomalari” nomi bilan ham mashhur bo‘lib raqamli muhitda mualliflik huquqi va aralash huquqlar himoyasining asosiy mezonlarini belgilaydi.

 

“Internet sohasida BIMT shartnomalari” mualliflik-huquqiy kontentni interkativ tarzda yetkazish, mualliflik-huquqiy himoyani cheklash va ijodiy mahsulotlarni tarqatish va foydalanishga imkon beruvchi texnologiyalarga ko‘maklashish kabi sohalarda yangi texnologik nuqtayi nazardan muvofiqlashgan himoya tizimiga zamin yaratgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net