O?ZBEKISTON-AFG?ONISTON QO?SHMA KOMISSIYASINING MAJLISI BO?LIB O?TADI

15.07.2019 16:28

TOSHKENT, 16 iyul. /«Dunyo» AA/. TIV Matbuot markazi xabariga ko’ra, 2019-yilning 17-iyul kuni Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Afg‘oniston qo‘shma komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.

 Afg‘oniston delegatsiyasiga Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining Katta maslahatchisi, Moliya vaziri Muhammad Humoyun Qayumiy rahbarlik qiladi.

 Qo‘shma komissiya majlisi, davlat va xususiy tuzilmalar o‘rtasidagi Muloqotning ikkinchi yig‘ilishi, qo‘shma biznes forumi va ixtisoslashtirilgan O‘zbek-afg‘on ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Afg‘onistonning hukumat tuzilmalari, yetakchi davlat va xususiy kompaniyalar rahbarlari va vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga kelmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net