OZARBAYJON BILAN KONSULLIK MASLAHATLASHUVLARI

17.04.2019 15:42

2019-yilning 12-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida konsullik sohasida birinchi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda konsullik-huquqiy sohada ikki mamlakat o‘rtasida bahsli masalalar mavjud emasligi ta’kidlandi hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, ikki davlat qonunni qo‘llovchi organlari o‘rtasidagi joriy aloqalarga doir masalalar muhokama qilindi.

Migratsiya sohasi, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlarda huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra masalahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida protokol imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat manfaatdor organlari o‘rtasida konsullik-huquqiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni tartibga soladi.

Muzokaralarda ikki tomondan ham tashqi ishlar, adliya, ichki ishlar, mehnat vazirliklari, bosh prokuratura, chegara xizmatlari konsullik xizmatlari va Ozarbayjonning Toshkent shahridagi Elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net