Ostona shahrida OHICHKga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari yuqori mansabdor shaxslari qo?mitasining yig?ilishi bo?lib o?tdi

11.10.2022 17:53

Dunyo” AA/. Bugun Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashga (OHICHK) aʼzo davlatlar yuqori mansabdor vakillari qo‘mitasining ikki kunlik yig‘ilishi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA  muxbiri.

Tadbirda 26 davlat Tashqi ishlar vazirliklarining boshqarma boshliqlari darajasidagi vakillar ishtirok etdilar.

Tomonlar Qozog‘iston raisligida 12-13 oktyabr kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashning bo‘lajak yubiley sammiti hujjatlari loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan Insoniy mezon bo‘yicha OHICHK ishonch chora-tadbirlarini amalga oshirish Konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston OHICHKning insoniy o‘lchovdagi ishonch choralarini mustahkamlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi  hisoblanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net