OLIY MAJLIS SENATI YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI YAKUNIGA YETDI

21.06.2019 11:06

2019 yil 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

 Majlisda 18 masala ko‘rib chiqildi.

 Birinchi masala tashkiliy xarakterga ega bo‘lib, Prezident tavsiyasi asosida Tanzila Norboyeva Senat Raisi etib tasdiqlandi.

 Senat Raisi T.Norboyeva boshqargan majlisda, shuningdek, 7 qonun ko‘rib chiqildi.

 Senatorlar “Turizm to‘g‘risida”, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”, “Qurol to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ma’qulladi.

 Shu bilan birga, majlisda Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini o‘zgartirishga oid masala ko‘rib chiqildi.

 Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobоti eshitildi.

 Istiqbolli turizm yo‘nalishida O‘zbekiston xalqaro imijini oshirish choralari to‘g‘risida, Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida qonun hujjatlari ijrosi holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborildi.

 Fuqarolarning ko‘chmas mulk ob’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, mulk huquqini rasmiylashtirish va ularni soliqqa tortishga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida, Qishloq xo‘jaligida mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda mazkur sohadagi norasmiy bandlik masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – moliya vaziriga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.

 Mamlakatda imkoniyati cheklangan yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida, umumta’lim maktablari darsliklarining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida Bosh vazir o‘rinbosariga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ham muhokama etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonini hamda Oliy Majlis Senati Kengashining qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net