Oliy darajadagi muntazam O?zbekiston-Turkiya muloqotlari ko?p qirrali hamkorlikning jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda

24.01.2023 10:05

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘li Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbari oliy darajadagi muntazam va sermahsul muloqotlar ko‘p qirrali hamkorlikning jadal rivojlanishiga xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, o‘tgan yilda 370 ta yangi qo‘shma korxona tashkil etildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviatashuvlar soni ko‘paymoqda.

Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturlari doirasida yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ko‘p tomonlama tuzilmalar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net