NURDINJON ISMOILOV O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASINING SPIKERI ETIB SAYLANDI

20.01.2020 15:09

TOSHKENT, 20 yanvar. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida yangi tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ochdi.

 

Birinchi majlisning Muvaqqat kotibiyati, Sanoq komissiyasi hamda Ovozlarni hisoblash elektron tizimidan foydalanishni nazorat qiluvchi muvaqqat guruh saylab olindi va kun tartibi tasdiqlandi.

 

Markaziy saylov komissiyasi raisi Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risida axborot berdi.

 

Majlisda Oliy Majlis Senatini shakllantirish ochiqlik va transparentlik kabi demokratik tamoyillar asosida milliy saylov qonunchiligi talablariga asosan amalga oshirilgani ta’kidlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining Senat a’zolari saylovi bo‘yicha qo‘shma majlislarida 84 nafar senator saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16 nafar Senat a’zosi tayinlandi.

 

Senatning yangi tarkibi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolardan shakllantirilganligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, quyi palata Spikerini saylash uchun Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuzildi. Mazkur kengashning taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan Nurdinjon Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net