“Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti yuqori mansabdor shaxslari Tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasi kun tartibi, konsepsiyasi va dasturini muhokama qildi

20.10.2022 14:56

“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov “Markaziy Osiyo+ Yaponiya” muloqoti yuqori mansabdor shaxslarining onlayn shakldagi amaliy uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Tokioda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasi kun tartibi, konsepsiyasi va dasturi muhokama qilindi.

Ishtirokchilar mintaqamiz va xorijiy davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning dastlabki platformalaridan biri bo‘lgan mazkur format doirasidagi o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar ishtirokchi-mamlakatlar vakillari hamkorlikning dolzarb masalalari haqida so‘z yuritib, sheriklikni yana-da chuqurlashtirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net