MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI TIV RAHBARLARI UCHRASHUVI TO?G?RISIDA

15.11.2019 09:56
MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI TIV RAHBARLARI UCHRASHUVI TO‘G‘RISIDA

2019-yilning 15-noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo‘lajak Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari Abdulaziz Kamilov, Muxtar Tleuberdi, Chingiz Aydarberkov, Sirojiddin Muxriddin va Rashid Meredov mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini va oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, hozirgi paytda davlat rahbarlarining siyosiy irodasi sabab Markaziy Osiyoda butunlay yangi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro ishonch muhiti shakllandi.

Vazirlar savdo aylanmasining yuqori sur’atlarda o‘sganini, transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarning faollashganini, mintaqa mamlakatlarini bog‘laydigan yangi yerusti va havo yo‘nalishlari ochilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

29-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi kun tartibi ko‘rib chiqildi. Kun tartibiga savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik, transport infratuzilmasi, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari kiritishilishi rejalashtirilmoqda. Vazirlar sammitning yakuniy hujjati loyihasi va boshqa rejalashtirilayotgan qarorlarni ham muhokama qildilar.

  

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net