MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI TASHQI ISHLAR VAZIRLARI O?RINBOSARLARI UCHRASHUVI TO?G?RISIDA

14.12.2019 09:31

TOSHKENT, 14-dekabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 

Bu kabi uchrashuvlar BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya Mintaqaviy markazi (MOPDMM) tashabbusi bilan 2008-yildan buyon har yili, Toshkent shahrida esa birinchi marta o‘tkazilmoqda.

 

MOPDMM delegatsiyasiga BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaz rahbari Natalya German boshchilik qildi. Tadbirda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston tashqi siyosat idoralari rahbarlarining o‘rinbosarlari Yerjan Ashikbayev, Muzaffar Huseynzoda, Vepa Xadjiyev va Nahid Esar ishtirok etdi.

 

Sessiya yig‘ilishlar davomida mintaqaviy siyosiy va xavfsizlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’sir qiladigan voqealar va tendensiyalar, Afg‘oniston bilan hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, MOPDMMning joriy yildagi faoliyati yakunlari muhokama qilindi hamda 2020-yilga hamkorlik rejalari belgilab olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net