MADRID SHAHRIDAGI SAYLOV UCHASTKASIDA YURTDOSHLARIMIZ OVOZ BERMOQDA

22.12.2019 14:13

MADRID, 22 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mahalliy vaqt bilan soat 8.00 da O’zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi qoshida tashkil etilgan 27-saylov uchastkasida ovoz berish boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ispaniyada vaqtincha bo’lib turgan yoki doimiy istiqomat qilayotgan O’zbekiston fuqarolari, talabalar erta tongdan faollik ko’rsatib saylov uchastkasiga kelib, o’zlari yoqlagan nomzodga ovoz bera boshladi.

 

140-Darxon okrugiga biriktirilgan 27-saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Saylovda ishtirok etayotgan vatandoshlarimiz xorijda ovoz berish uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net