KOREYA RESPUBLIKASI ELCHISI BILAN UCHRASHUV3

24.05.2019 13:36

2019-yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Kan Chje Kvonni qabul qildi.

 

 

Ishonch yorliqlari nusxalarini topshirishga bag‘ishlangan qisqa marosimdan so‘ng Vazir Elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi hamda unga yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyat tiladi.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlarining 2017-yil noyabr oyida Seuldagi va 2019-yilning aprel oyida Toshkentdagi sermahsul uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish masalalariga hamda turli soha va shakllardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi xalqlari farovonligi yo‘lida alohida strategik sheriklik va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning an’anaviy yuqori darajasi saqlab qolinishiga hamda mustahkamlanishiga ishonch bildirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net