O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 27-28-aprel kunlari Manama shahrida (Bahrayn Podshohligi) bo‘lib o‘tadigan Janubiy Osiyoda xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajadagi 5-xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
2019-yilning 22-26-aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alisher Abdualiev Turkiyaning “Yildirim Holding” kompaniyasi biznesni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Metin Oktay bilan uchrashdi.
2019-yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi.
2019-yil 23-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, tibbiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
2019-yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Gunter Overfeld bilan uchrashdi.
2019-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar o‘z konstitutsiyaviy vakolatlari doirasida Hisob palatasining 2018 yilgi hisobоtini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
Bu haqda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.