AFG?ONISTON PREZIDENTINING MASLAHATCHISI BILAN UCHRASHUV

06.03.2019 14:54

2019-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik jarayonini boshlash bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi hamda mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

 Vazir Afg‘onistonning mamlakat tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganini va O‘zbekiston uning iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklashda bundan keyin ham har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi.

 Maslahatchi Hamidulla Muhib Afg‘oniston va uning xalqi uchun transport, energetika, va yoshlar uchun ta’lim sohalaridagi strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda O‘zbekiston tomonining ishtirok etishi Afg‘onistonda barqarorlikka erishish, uni mintaqaviy iqtisodiy uyg‘unlashuvga jalb qilishning tarkibiy qismi va muhim sharti ekanligini qayd etdi.

 Uchrashuvda O‘zbekiston – Afg‘oniston kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net