2019-yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vinod Kumarni qabul qildi.
2019-yining 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini tugatayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuriy Savchenkoni qabul qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Jambil viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayevga hamdardlik bildirdi.
2019-yilning 20-aprel kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
2019-yilning 15-16-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Ruminiyada bo'ldi. Ruminiya joriy yilning birinchi yarmida Yevropa Ittifoqiga raislik qilmoqda.
2019-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2019-yilning 11-17-aprel kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiyasining tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 12-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida konsullik sohasida birinchi maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.