ABDULAZIZ KAMILOV ROSSIYA FEDERATSIYASI FEDERAL MAJLISI FEDERATSIYA KENGASHI RAISINING O?RINBOSARI BILAN UCHRASHDI

19.05.2019 11:46

2019-yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) bitiruvchilarining V Xalqaro forumida ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari Ilyas Umaxanov bilan uchrashdi.

Suhbatda ikki tomon kun tartibining, xususan uning tarkibiy qismi bo‘lgan ikki davlat hokimiyatining qonunchilik organlari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari palatalari darajasidagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.

Ko‘p tomonlama va o‘zaro foydali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirish ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga mos kelishi ta’kidlandi.

Ilyas Umaxanov MGIMO bitiruvchisi sifatida O‘zbekiston rahbariyatiga V Forumni tashkil etgani va mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdi.

Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net