O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRI BIRINCHI O?RINBOSARI ILHOM NE’MATOVNING OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDA BO?LIB O?TGAN MUHOKAMALARDAGI NUTQI

26.04.2019 14:31

2019-yilning birinchi choragida TIV tomonidan amalga oshirilgan ishlar.

 2019-yilning birinchi choragida Tashqi ishlar vazirligi 2017-yil 7-fevralda Hurmatli Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida belgilangan pragmatik, har tomonlama manfaatli, ochiq tashqi siyosat olib borish bo‘yicha ishlarni davom ettirdi.

 Joriy yilning birinchi choragi ham xuddi o‘tgan yil kabi muhim siyosiy voqealarga, ya’ni yuqori darajadagi tashriflarga va turli nufuzli xalqaro anjumanlarga boy bo‘ldi.

 O‘tgan davrda Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning chet davlatlarga uchta tashriflari, 15 dan ortiq turli xalqaro konferensiyalar, 60 dan ortiq yuqori darajadagi chet el va O‘zbekiston delegatsiyalari tashriflari amalga oshirildi.

 Undan tashqari shu yilning birinchi choragida 9 ta davlat bilan siyosiy maslahatlashuvlar va 4 ta qo‘shma komissiya kengashlari o‘tkazildi.

 Shuning bilan birga, o‘tgan uch oy mobaynida asosiy e’tibor yuqori va boshqa darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va tasdiqlangan 100 ga yaqin “Yo‘l xaritalari”ni hamda viloyatlarga tashriflar yakunida tasdiqlangan 10 dan ortiq bayonnomalarni bajarilishini nazorat qilish va ular haqida tegishli idoralarga hisobоtlar tayyorlashga qaratildi.

 17-18-yanvar kunlari O‘zbekiston Prezidentining Hindistonning Ahmadobod shtatida o‘tkazilgan “Jo‘shqin Gujarat” sammitida ishtiroki tashkil etildi.

5 mingdan ortiq dunyoning yirik kompaniyalari vakillari, 80 ortiq davlatlardan yuqori darajadagi mehmonlar ishtirok etgan nufuzli xalqaro anjumanda O‘zbekiston Prezidenti “Jo‘shqin Gujarat” sammitining Bosh mehmoni sifatida ishtirok etdi.

 Gujarat investitsion sammitida 3 ta yo‘nalishdagi kelishuvlar asosida “Yo‘l xaritasi” 2019-yil 4-fevralda Vazirlar Mahkamasi prezidiumida tasdiqlangan.

1-yo‘nalish – Gujarat sammitida O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevni maruzalarida oldinga surilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”:

 - Mozori Sharif – Hirot – Chabohor transafg‘on koridorini qurishda hamkorlik qilish;

 - Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan Texnopark asosida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish;

 - Farmatsevtika, tekstil, teri, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va turizm sohasidagi aloqalarni jadallashtirish;

 - Andijonda O‘zbekiston – Hindiston mintaqalararo biznes forumini o‘tkazish;

 - 2020-yilda O‘zbekiston va Hindiston madaniyat yillarini o‘tkazish.

 2-yo‘nalish umumiy qiymati 108,6 mln. bo‘lgan 7 ta investitsion loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutada, jumladan:

- Andijonda Sharda universiteti filiali ochilishi va Informatsion Texnologiya injiniring kompaniyasi tashkil etish, qiymati 20 mln;

 - Andijon kolleji asosida dasturlashtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlash loyihasi, qiymati 5 mln.;

 - Andijonda Hindistonning “D'Oceanic Dolphin Apparels” kompaniyasi bilan hamkorlikda teridan kiyimlar va teri mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi, qiymati 2,8 mln. Ikkinchi etapda yana 3 shunday fabrikalar boshqa viloyatlarda tashkil etiladi;

 - Andijonda “Cadila” kompaniyasi bilan dori ishlab chiqarishni tashkil etish, qiymati 50 mln.;

 - Andijonda “UPL Ltd” kompaniyasi bilan gidrogel ishlab chiqarishni tashkil etish, qiymati 10 mln, “Dishant Ayurvedic Suppliers” kompaniyasi bilan onkologik kasallikni davolash uchun dori-darmonlar ishlab chiqarish, qiymati 5 mln. hamda “Taj Pharmaceuticals” kompaniyasi bilan terapevtik dori-darmonlar ishlab chiqarish, qiymati 10 mln.

 3-yo‘nalish – 72,8 mln. li kontraktlar (uran, ipak, teri, dori ishlab chiqaruvchi o‘tlar – Ferula va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Hindiston bozoriga eksport qilish.

 Undan tashqari Gujarat sammiti doirasida Suvni tejash, Vaksina ishlab chiqarish, baliqchilik, agroklasterlar va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi haqida kelishilgan.

 4 ta loyiha: Toshkentda ko‘p tarmoqli klinika, vaksina chiqarish va biologik va onokologiyaga qarshi dorilar va antibiotiklar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlar bekor qilindi (Hindistonning “Lifeplan”, “Narayana Health”, “Hetero” va “Prism Life Sciences” kompaniyalari bilan). Hozirgi kunda ular o‘rniga yangi loyihalar bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

 1. Hindistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi yakunlari bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da (№PQ-3958, 4.10.2018y.) 62 ta investitsion loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 Mart oyida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda umumiy qiymati 3,1 mlrd. bo’lgan 62 ta loyihadan:

 - umumiy qiymati 1 655,1 mln. bo‘lgan 39 ta loyihalar, ya’ni 63% o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda;

 - umumiy qiymati 1 201,5 mln. bo‘lgan 10 ta loyiha biroz kechikish bilan amalga oshirilmoqda;

 - umumiy qiymati 244,3 mln. bo‘lgan 13 ta loyiha amalga oshirilmayapdi.

 Amalga oshirilmayotgan loyihalar bo‘yicha ularni yangi investitsion loyihalar bilan qoplash masalasi yuzasidan Hindistondagi elchixona bilan birgalikda ish olib borilmoqda.

 21-22-yanvar kunlari O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga rasmiy tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida Kansler Angela Merkel, Prezident Shtaynmayer, Bundestag Raisi Shoyble va Bavariya Bosh vaziri Zyoder bilan uchrashuvlar bo‘ldi.

 Tashrif chog‘ida umumiy qiymati 8 mlrd. doll. bo‘lgan bitimlar, kontraktlar imzolandi.

 24-26-mart kunlari O‘zbekiston Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashriflari amalga oshirildi. Tashrif davomida Amirlik Oliy Bosh Qo‘mondoni muovini Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Dubay Amiri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum va boshqa rasmiylar bilan uchrashuvlar bo‘ldi.

 Tashrif davomida umumiy qiymati 10 mlrd. doll. bo‘lgan bitimlar va kontraktlar imzolandi.

 Avval aytib o‘tganimizdek, birinchi chorakda O‘zbekistonda 15 dan ortiq nufuzli xalqaro anjumanlar o‘tkazildi. Vaqtni tejash uchun shulardan ayrimlariga to‘xtalsak bo‘ladi.

 19-20-fevral kunlari Simpoziumlar saroyida “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 40 ta davlat hamda nufuzli xalqaro tashkilotlardan 130 dan ortiq ekspertlar va siyosatshunoslar ishtirok etishdi.

 Ushbu konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan keyingi ikki yil davomida ochiq, konstruktiv va do‘stona siyosatning ijobiy natijalarini e’tirof etishdi.

 Shu borada konferensiya ishtirokchilarining va dunyoning ko‘p sonli siyosatshunoslarining fikricha, keyingi ikki yil davomida Markaziy Osiyoga jahon hamjamiyatining diqqat e’tiborini o‘sishiga asosiy sabab – bu O‘zbekistondagi katta o‘zgarishlar va O‘zbekiston Prezidentining mintaqa davlatlari bilan olib borayotgan siyosati bo‘lgan.

 Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston Prezidentining chuqur o‘ylangan, ochiq va do‘stona siyosati tufayli bugungi kunda Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi, sog‘lom muhit, do‘stona vaziyat va har tomonlama manfaatli aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

 Yana bir muhim anjuman 13-yanvar kuni Samarqandda “Markaziy Osiyo va Hindiston” shaklidagi muloqot, ya’ni muzokaralar va fikrlar almashuvi o‘tkazildi. Bu shaklga Afg‘oniston ham taklif qilindi.

 Hindiston Tashqi ishlar vaziri S.Svaraj taklifiga ko‘ra tashkil etilgan bu yangi mexanizmning asosiy maqsadi tarixiy aloqalardan kelib chiqib Markaziy Osiyo davlatlarini Hindiston bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustahkamlash, Afg‘oniston muammosini birgalikda hal etish va Hindistonni Markaziy Osiyoda bo‘layotgan jarayonlarga jalb etish.

 Parlamentlararo aloqalar sohasida birinchi chorakda Rossiya, AQSh, Kuvayt va boshqa mamlakatlarning parlament a’zolari bilan 5 ta o‘zaro tashriflar va uchrashuvlar o‘tkazilgan.

 O‘tgan yilning oktabr oyida vatandoshlar bilan ishlash Davlat konsepsiyasiga asosan elchixonalar tomonidan muayyan ishlar olib borildi.

Vatandoshlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish va ularga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berish maqsadida elchixonalarimiz tomonidan 100 dan ortiq tadbirlar, videokonferensiyalar, brifinglar, davra suhbatlari o‘tkazilgan.

 Natijada 10 mingdan ortiq yuqori malakali vatandoshlar haqida ma’lumotlar bazasi yaratilgan.

Yana bir muhim yo‘nalish bu - joriy yilning birinchi choragida TIV asosiy e’tiborni 2019-yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish”, deb e’lon qilinganidan kelib chiqib, iqtisodiy diplomatiyani, ya’ni mamlakatimiz iqtisodiga chet el sarmoyalarini jalb qilishga, eksportni o‘sishiga va turistlar oqimini ko‘paytirishga qaratdi.

 Elchixonalar tomonidan umumiy qiymati 5,19 mlrd. doll. bo‘lgan 211 ta loyiha ishlab chiqilib viloyatlarga tashriflar chog‘ida taqdim etilgan. 2019-yil oxirigicha qiymati 516,8 mln. doll. bo‘lgan 103 ta loyiha va 2020-yilda qiymati 2,34 mlrd. doll. bo‘lgan 72 ta loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda.

Undan tashqari, bugungi kunda umumiy qiymati 2,4 mlrd. doll. bo‘lgan 2021-2024-yillarga mo‘ljallangan 112 ta investitsion loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Olingan rasmiy axborotlarga ko‘ra 2019-yilning birinchi choragida umumiy qiymati 59,7 mln.doll. bo‘lgan 30 ta loyiha amalga oshirilgan.

Elchixonalar yordamida 2019-yilda 2,88 mlrd. doll. imtiyozli kredit va 219 mln. doll. grantlar mamlakatimiz iqtisodiga jalb etilishi ishlab chiqilgan.

I chorakda elchixonalar tomonidan 1325 ta amaliy uchrashuvlar, 149 ta taqdimotlar, biznes forumlar, 252 ta xorijiy investorlarining mamlakatimizdagi tadbirlarda ishtiroki va 118 ta O‘zbekiston delegatsiyasining chet davlatlarga tashriflari ta’minlandi.

 Xususan, elchixonalar tomonidan O‘zbekistonga Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Daniya, Finlandiya, Turkiya, Misr, Afg‘oniston, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston mamlakatlari biznes delegatsiyalari tashriflari tashkil etildi.

 Birinchi chorakda “Diplomatik xizmat” to‘g‘risidagi Qonun va “Tashqi siyosat Konsepsiyasi” loyihalari ishlab chiqildi. Bugungi kunda “O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imijini xalqaro maydonda ilgari surish Konsepsiyasi” ishlab chiqilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net