Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra Instagram tarmog‘ida noma’lum shaxslarning Tyumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan videomurojaati tarqatilmoqda.
2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahridagi Yaponiya Elchixonasiga tashrif buyurdi. Diplomatik vakolatxonada Imperator Naruhitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan Qutlov kitobi ochildi.
2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Bishkek shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
2019-yilning 17-may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tomonidan qabul qilindi.
2019-yilning 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi, Slovakiya Respublikasi Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychak bilan uchrashdi.
2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etadi.