2019-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati (YTFX) bo‘linmasi maslahatchisi Andreas Kotsentruyter bilan uchrashdi.
2019-yilning 1-aprel kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia boshchiligidagi YI delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylarining taklifiga binoan 2019-yilning 24-26-mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi hamda Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Hazrati Oliylari va Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Hazrati Oliylari bilan uchrashdi.
2019-yilning 28-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Latviya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 14-raundi bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahrida mamlakatimizda shaxsiy tashrif bilan bo‘lib turgan Kuvayt Davlati Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Mudofaa vaziri Shayx Nosir Saboh al-Ahmad as-Saboh bilan uchrashdi
2019-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Darxan Satibaldini qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qizilo‘rda viloyatida vertolyotning qulashi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Kasim-Jomart Tokayevga ta’ziya bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid va Bosh vaziri Shayx Hasina Vazedni Bangladesh mustaqilligi kuni bilan muborakbod etdi.