Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 dekabr – Finlyandiya Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan Prezident Sauli Niynistyoga tabrik yo‘lladi.
2018-yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Kuchkarov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida bo‘ladigan MDH Iqtisodiy Kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.
2018-yilning 5-dekabr kuni Abu-Dabi shahrida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
2018-yilning 4-5-dekabr kunlari Dushanbe shahrida tashqi siyosiy faoliyatni yoritib borish va OAV bilan hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tailand milliy bayrami - Ota kuni munosabati bilan mamlakat Qiroli Maxa Vachiralongkornni tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 6-7-dekabr kunlari Milan shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
2018-yilning 4-dekabr kuni Al-Quvayt shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Quvayt Davlati Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalarining uchinchi siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2018-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimidagi o‘zining uch yillik missiyasini yakunlayotgan Yevgeniy Sisoyevni qabul qildi.
2018-yilning 5-dekabr kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyalari o‘rtasida vazirliklararo ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi.