Jo?qorg?i Kengesning navbatdagi sessiyasi bo?lib o?tdi

14.08.2022 22:42

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, sektor va tegishli soha rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov boshqarib bordi.

Sessiya kun tartibida dastlab “Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonuni loyihasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy dasturi ijrosi yuzasidan Vazirlar Kengashi Raisining hisobati toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 9 fevral kungi qarori bilan “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid 5 ta yo‘nalish, 40 ta maqsad va 107 ta banddan iborat hududiy dastur tasdiqlandi.

Dasturning har bo‘limiga Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlari, har bir bandi ijrosiga esa vazirlik va boshqarma boshliqlari mas’ul qilib biriktirildi.

Hukumatimiz tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini va tadbirkorlarni keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashi natijasida hududda iqtisodiy barqarorlik, ishlab chiqarish va ish o‘rinlarini saqlab qolishga erishildi.

Xususan, 1-yarim yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot 103,5, jumladan, sanoat 100,5, qishloq xo‘jaligi 103,3, qurilish 105,6, xizmat ko‘rsatish 116,2 foizga o‘sishi ta’minlandi.

Hududiy dastur ijrosini ta’minlash orqali joriy yil yakunigacha yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atiga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan, yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot 106,1, jumladan sanoat 105,4, qishloq xo‘jaligi 103,1, investitsiyalar hajmi 102,4, qurilish 108, xizmat ko‘rsatish 151 foizga o‘sishini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida 2022 yil yakuniga qadar umumiy qiymati 2 trillion 985 milliard so‘m bo‘lgan 807 ta investitsiya loyihasini ishga tushirish va 14 ming 104 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunda qiymati 589,5 milliard so‘mlik 371 ta loyiha ishga tushirildi va 3 ming 700 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, sessiyada Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan 2022 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining hisoboti, Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hisoboti, joriy yil birinchi yarmida joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining axboroti haqidagi, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi masalalar ko‘rib chiqilib, bu bo‘yicha deputatlar tegishli qarorlar qabul qildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net