Jo?qorg?i Kenges Raisi lavozimiga Amanbay Tleubayevich Orinbayevning nomzodi ko?rib chiqilmoqda

26.08.2022 10:19

Ma’lum qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbarining kirish so‘zidan so‘ng Oqsoqollar kengashining qaroriga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges Raisi lavozimiga tavsiya etilgan Amanbay Tleubayevich Orinbayevning nomzodini ko‘rib chiqishga o‘tildi.

Ilgariroq sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalovning betobligi sababli vakolat muddatini oldindan to‘xtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish haqidagi murojaati ko‘rib chiqilib, Murat Kamalovning vakolat muddatini oldindan to‘xtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Amanbay Orinbayevning nomzodini ko‘rib chiqishdan avval Prezidentimiz nomzodning hududni jadal rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha rejalari va takliflarini tinglashni taklif etdi.

Nomzod Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish, agrar sohani rivojlantirish, sanoat loyihalarini ko‘paytirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, ta’lim va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi mavjud muammolarni va ularni hal qilish bo‘yicha takliflarini bayon etdi. Prezidentdan bu rejalarni to‘liq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar ajratilishida ko‘mak so‘radi.



O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net