Jazoirning yangi elchisi O'zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

15.01.2024 14:09

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Jazoirning yangi elchisi Muhammad Irqini qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Jazoirning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Muhammad Irqi janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Suhbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirish, barcha sohalarda aloqalarni faollashtirish va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ro'yobga chiqarishga alohida e'tibor qaratdik. Janob Elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz».

Eslatib o'tamiz, Muhammad Irqi 2022-2023-yillarda Jazoirning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Bumedian Gennad o'rniga tayinlandi.

"Dunyo" AA olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net