Iqtisodiyot va boshqaruvdagi islohotlarning borishi yuzasidan fikr almashildi

17.12.2022 11:29

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Unda mamlakatimizdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari barcha muhim yo‘nalishlardagi yangilanishlarga to‘xtalar ekan, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini taʼminlash, davlat boshqaruvida transformatsiya jarayonlarini shuningdek, raqamlashtirish va investitsion jozibadorlik borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini alohida taʼkidladi.

Suma Chakrabarti dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatda O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan samarali chora-tadbirlar  iqtisodiy islohotlarning dinamikasini taʼminlayotganini taʼkidlab, bu sohadagi birgalikdagi saʼy-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirishni qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuvda kun tartibidagi boshqa muhim yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net