O?ZBEKISTON HUKUMATI DELEGATSIYASINING BRUSSELGA TASHRIFIGA DOIR

31.03.2019 14:55

2019-yilning 1-3-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zbekiston ipagi” uyushmalari va Kasaba uyushmalari Fedratsiyasi rahbarlaridan iborat Hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Yevropa Ittifoqi poytaxtida bo‘ladi.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi ma’lumotlariga ko‘ra majburiy mehnatga barham berish masalalariga mas’ul mamlakatimiz Hukumati vakillari Brussel shahrida “O‘zbekiston paxta terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga qanday barham bermoqda” mavzusidagi munozara forumida ishtirok etadi. Mazkur tadbir Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki, O‘zbekiston, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Shveysariya Elchixonalari tomonidan tashkillashtirilmoqda. Forum ishida Yevropa komissiyasi, xalqaro nohukumat tashkilotlar vakillari, mehnat va huquqni himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi nohukumat tashkilotlar, paxta ishlab chiqarishda bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi bo‘lgan kompaniyalar ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan Yevropa Ittifoqi, Belgiya Qirolligi, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, Yevropaning yirik ishlab chiqaruvchilari, riteylorlari va kasaba uyushlamalari birlashmalari hamda yetakchi Yevropa brendlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Hukumat delegatsiyasi Kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi bosh kotibi Sharan Barrou, “Human Rights Watch” xalqaro nohukumat tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar vakillari bilan ham muzokalar olib boradi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net