Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Aholi daromadlari va turmush darajasini qatʼiy oshirib borish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni yanada ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda respublika fuqarolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:
2019-yilning 1-avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–5723-son Farmoni 1-bandida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF–5553-son Farmoni uning 4 va 8-bandlari istisno qilingan holda 2019-yilning 1-avgustidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
ish haqi – oyiga 223 000 soʻm;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 436 150 soʻm;
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 soʻm miqdorida belgilansin.
II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;
II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorlarini eng kam ish haqiga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
ikkinchi xatboshidagi “577 170” raqami “634 880” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2019-yil 12-iyul