2019-yilning 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida 2018-yildagi ikki tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilindi va boshlangan yilda aloqalarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda turli darajada bo‘lajak O‘zbekiston-Buyuk Britaniya uchrashuvlari muddatlari va kun tartibi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.