O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegatsiya Amerika tomonining taklifiga binoan 2019-yilning 26-30-yanvar kunlari AQShga tashrif buyuradi.
Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifini yakunlab, mamlakatimizga qaytib keldi.
2019-yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian bilan uchrashdi. U atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va suv resurslaridan foydalanish sohasida hamkorlik bo’yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo” konferensiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan YI delegatsiyasiga boshchilik qilmoqda.
2019-yilning 4-6-fevral kunlari O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboyeva va mehnat munosabatlari va bandlik vaziri Sherzod Qudbiyev tarkibidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan AQShda bo‘ladi.
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni kuni Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 yanvar kuni Germaniya Federal kansleri Angela Merkel bilan muzokara o‘tkazdi.
2019-yilning 18-yanvar kuni O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining xorijdagi diplomatik missiyalari rahbarlari majlisida ishtirok etish uchun Vashington shahriga kelgan AQShning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Alan Meltser bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Belvyu saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.