O?ZBEKISTON-FINLANDIYA SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARI TO?G?RISIDA

19.05.2019 11:42

2019-yilning 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Finlandiya siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Finlandiya tomoniga TIVning Rossiya, Sharqiy Yevropa va Mrkaziy Osiyo bo‘yicha departamenti Bosh direktori Maymo Henriksson rahbarlik qildilar.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi, shuningdek, “O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, tomonlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun ulkan salohiyatga ega va ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga tayyor.

Shu nuqtayi nazardan, so‘nggi yig‘ilishi 2002-yilda bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining faoliyatini qayta tiklash taklifi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalarning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda Finlandiyaning Elchisi Mariya Elina Liivala ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net