2019-yilning 16-17-aprel kunlari Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyalar a’zolari ishtirok etdi.
2019-yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston – Britaniya muzokaralarini o‘tkazish uchun Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dunkan Toshkent shahriga tashrif bilan keladi.
2019-yilning 15-16-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo bo‘yicha “Barqaror taraqqiyot uchun mushtaraklik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada ishtirok etish uchun Ruminiyaga amaliy tashrif bilan boradi.
2019-yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev mamlakatimizga kelgan Finlandiya ishbilarmonlar doiralari delegatsiyasi rahbari, Finlandiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Davlat kotibi o‘rinbosari Markku Keynenen bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni O‘mon Sultonligi, Qirg‘iziston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Indoneziya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Ahmad bin Said al-Kasiriy, Ibragim Junusov, Mehmet Sureyya Er, Sunario Kartadinata hamda Darxan Satibaldidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzodni qabul qildi.
2019-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Darxan Satibaldi bilan uchrashdi.
2019-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afgʻonistondagi yarashish masalalari boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2019-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi.