YEVROPA ITTIFOQI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

01.04.2019 14:17

2019-yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia tarkibidagi YI delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarning holati va istiqbollari, jumladan Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi va Orolbo‘yi muammosini kompleks hal etishga qaratilgan loyihalarni tadbiq etishdagi hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Yevropa Ittifoqi vakillari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilm-ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar jarayoni va ularning dastlabki natijalari yuqori baholandi.

Turli darajadagi aloqalarni faollashtirishdan tomonlar manfaatdorligi ta’kidlandi. Shu o‘rinda 2019-yilda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Eduards Stiprais ishtirok etdi.

 

 

 

Anvar Ilyosov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net