SHVEYSARIYA TIV MAXSUS VAKILI BILAN UCHRASHUV

01.04.2019 14:25

2019-yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Suv masalalari bo‘yicha maxsus vakili Gay Bonvin bilan uchrashdi.

O‘zbekiston – Shveysariya munosabatlarining, jumladan xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarning muhim jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuvda Shveysariya sezilarli tajribaga ega bo‘lgan suv resurslarini oqilona boshqarish, qishloq aholisini suv bilan ta’minlash kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni, jumladan Shveysariyaning Markaziy Osiyo uchun 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik strategiyasini amalga oshirishni yanada rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net