2019-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hishom Mish'al As-Suvaylem bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.