2019-yilning 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi Hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan qisqa suhbat chog‘ida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zining chuqur hurmatini izhor etdi va O‘zbekistonning BAA rahbariyati va xalqi uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.
Ta’kidlanganidek, Amirliklar hukumati ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zaro munosabatlarni tizimli va foydali asosda rivojlantirishni rejalashtirmoqda.