AMMON SHAHRIDAGI MASLAHATLASHUVLAR

22.02.2019 14:35

2019-yilning 19-21-fevral kunlari Ammon shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi tashqi siyosat idoralari yuridik xizmatlari o‘rtasida hamkorlikning shartnoma-huquqiy masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra imzolangan O‘zbekiston-Iordaniya bitimlarining huquqiy maqomiga aniqlik kitildi, ularni amalga oshirishning holati to‘g‘risida ma’lumot almashildi hamda istiqbolli hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishni faollashtirishga kelishib olindi.

 O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Iordaniyaning turli vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar o‘tkazib, ishlab chiqilayotgan ikki tomonlama shartnomalarning loyihalarini muhokama qildi.

 Iordaniya investitsiya komissiyasida, Turizm va qadimiylik, Qishloq xo‘jaligi, Adliya va Ichki ishlar vazirliklarida o‘tkazilgan muzokaralarda mazkur sohalardagi shartnoma loyihalari matni moddama-modda ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakatning turizm, qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi, investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish sohasidagi ilg‘or tajribasi hamda boshqa masalalar yuzasidan ma’lumot almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net