2019-yilning 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha xorijdagi O‘zbekiston vakolatxonalarining 2019-yil birinchi choragidagi faoliyati dastlabki natijalari va ikkinchi choragi uchun topshiriqlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
2019-yilning 25-mart kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari – stats-sekretar Grigoriy Karasin bilan uchrashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Gretsiya Respublikasi Prezidenti Prokopis Pavlopulosga ushbu mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi.
2019-yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Italiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Andrea Bertotssi bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida mamlakatimiz delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-mart kuni rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti - Abu-Dabi shahriga joʻnab ketdi.
2019-yilning 22-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev TIVda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlarini xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan bajarilishining amaliy jihatlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga binoan joriy yilning 24-26-mart kunlari rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida boʻladi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Pokiston Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Imron Xonni ushbu mamlakatning milliy bayrami - Pokiston kuni bilan tabrikladi.